Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
2825 1141 For print

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachilarining maxsus axborot portallari orqali amalga oshirayotgan davlat xaridlari muntazam o‘rganilib, yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, o‘rganish jarayonida Shofirkon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi buyurtmachiligida 2023-yil 17-may kuni o‘tkazilgan 591,0 mln.so‘mlik davlat xaridida sohaga oid qonunchilik talablariga amal qilinmaganligi aniqlandi.

Aniqroq aytganda, mazkur davlat xaridini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan va boshqa qonunbuzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan.

Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning hujjatlari xarid komissiyasining kotibi foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha 2023-yil 18-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi hamda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga so‘rovnoma kiritildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan Shofirkon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 23 may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati


2825 1141 For print

Other news

All news