Virtual reception

Rektorning tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha vazirlikka taqdimnoma kiritildi

Top news 1 895 views

This material is so far published only in: Özbekça

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish” DM tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Bahrom Tulaganovga tegishli firma ishtirok etgani haqidagi xabarlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishda B.Tulaganov haqiqatan ham bir vaqtning o‘zida mazkur tanlov g‘olibi “B-TEC” MCHJning yagona taʼsischisi ekanligi, shuningdek, “INTRABAU” MCHJda ham ulushga egaligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Mazkur holatda B.Tulaganov tomonidan qator qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qayd etilgan qonunbuzilishi holatini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials