Virtual reception

“Society” jurnali: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratmoqda

Top news 1 849 views

This material is so far published only in: Özbekça

Avstriyaning “Society” jurnalida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi.

Unda yozilishicha, milliy xavfsizlikni taʼminlashning alohida strategik tarkibiy qismi korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurashdir. Tahlillarga ko‘ra, hozirda dunyoda korrupsiyadan ko‘rilgan zarar qariyb 3 trillion dollarni tashkil etadi.

"2017-yil yanvar oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Davlat rahbari o‘zining har bir murojaatida aybdor shaxslarni qonuniy javobgarlikka tortish, profilaktika chora-tadbirlari tizimini kuchaytirish zarurligi, korrupsiyaga qarshi butun jamiyat tomonidan kurashish muhimligiga alohida eʼtibor qaratmoqda", – deyiladi maqolada.

Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, O‘zbekiston so‘nggi yillarda korrupsiyani idrok etish ko‘rsatkichi yaxshilanish surʼati bo‘yicha mintaqada yetakchiga aylangan yagona davlatdir. Bu 2017-yildan buyon korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida eʼtirof etilayotganini yana bir marta isbotlaydi.

Shuningdek, nashrda O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega maʼlumotlarning belgilangan resurslarga o‘z vaqtida joylashtirilishi yuzasidan doimiy monitoring tizimi joriy etilgani xabar qilingan. Ushbu faoliyat natijasida davlat organlarining rasmiy resurslariga 950 dan ortiq ochiq maʼlumotlar joylashtirildi.

Maqola xulosasida "Yuqorida qayd etilgan islohotlarni amalga oshirish davlat organlari, tadbirkorlik sohasi vakillari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish orqali amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish O‘zbekistonning barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, shuningdek, mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga ko‘maklashishga qaratilgan", – deb taʼkidlangan.

Manba

Related materials