Virtual reception

Vazirlik ISO 37001:2016 xalqaro standartiga yana bir bor muvofiq deb topildi

Top news 1 075 views

This material is so far published only in: Özbekça

Huquqiy eksperiment doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining joriy yilgi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusi reja va vazifalar belgilab olindi.

O‘tgan davr mobaynida:

▫️Bosh prokuratura bilan hamkorlikda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimida korrupsiyaga barham berish, inson omilini qisqartirish va raqamlashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi;

▫️vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari uchun qurilish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish mavzusida 240 ta seminar-trening va targ‘ibot tashviqot-ishlari o‘tkazildi;

▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi bilan (2-bosqichda) vazirlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarining 1700 nafarining malakasini oshirish ishlari boshlandi;

▫️vazirlik markaziy apparatining 175 nafar hamda hududiy bosh boshqarmalar, tizim tashkilot va muassasalarning 4101 nafar boshqaruv xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi yillik deklaratsiya to‘ldirildi;

▫️Markaziy apparat xodimlaridan 6 nafari tadbirkorlik faoliyati subyekti rahbari, 4 nafari esa taʼsischi ekani aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi;

Shu kabi chora-tadbirlar samarasida “CERT International” xalqaro jamiyati tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi nufuzli ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatiga yana bir bor ega bo‘ldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials