Virtual reception

Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasi muhokamasi

Top news 1 627 views

This material is so far published only in: Özbekça

Shu kunlarda besh yilga — 2026−2030 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining qayta ko‘rib chiqilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda.

Yangi tahrirdagi Strategiya loyihasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilanmoqda.

Ushbu maqsadning samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar qayd etilmoqda:

▫️“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan eʼlon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 20 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish;

▫️davlat xaridlarida maʼlumotlarini mashinada o‘qiy oladigan formatda (Open Contracting Data Standard) joylashtirish ulushini 100 foizga yetkazish;

▫️raqobatlashmagan usullarda amalga oshirilgan davlat xaridlari ulushini 20 foizdan oshmasligini taʼminlash;

▫️ 100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini taʼminlash.

Shuningdek, Strategiya doirasida 2026-yil davomida ishlab chiqiladigan strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari qatorida 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqish vazifasi ham o‘rin olmoqda.

🗓Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasi muhokamasi joriy yilning 9-yanvar sanasiga qadar davom etadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials