Documents of the National Council
Work plan for the first half of 2022
29
measures in the plan
19
in analytical work
10
in awareness-raising work
| Measure | Deadline | Responsible |
|---|---|---|
| 1. Davlat moliyaviy nazorati departamenti tarkibida Qurilish ob’yektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish bo‘linmasini tashkil etish, shuningdek davlat nazorat-taftish idoralari, operativ-qidiruv faoliyati sub’yektlari va tergov-surishtiruv idoralari so‘roviga muvofiq, qonunchilikda belgilangan asoslarda o‘tkaziladigan nazorat o‘lchovi ushbu bo‘linma tomonidan bepul amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish. | 2022 yil aprel | Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) |
| 2. Mahallalarda aholi o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tegishli mutasaddi idoralar hamkorligida maxsus chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2022 yil aprel-may | Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Agentlik |
| 3. Korrupsiyaga oid ishlar yuzasidan statistik va tahliliy ma’lumotlarni yuritish jarayonini takomillashtirish. Bunda: | ||
| 3.1. korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha ko‘rilgan jinoyat ishlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning shaklini (sohalar va hududlar miqyosidagi statistika hamda yetkazilgan zarar va uning undirilish holati to‘g‘ridagi ma’lumotlar aks etishi), umumlashtirish davriyligini hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – Milliy kengash)ga va Agentlikka taqdim etish muddatlarini belgilash; | 2022 yil aprel-iyun | Ichki ishlar vazirligi, Statistika qo‘mitasi |
| 3.2. jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish natijalarini umumlashtirish, jinoyatlar sabablarini va ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash natijalari va bartaraf etish hamda oldini olishga qaratilgan amalga oshirilgan choralar haqida tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va taqdim etish; | 2022 yil aprel-iyul | Oliy sud, Agentlik, DXX, Bosh prokuratura |
| 3.3. statistik ma’lumotlar va amaliyotda ko‘rilgan ishlar asosidagi tahliliy materiallarni OAV orqali keng jamoatchilikka e’lon qilib borish. | har chorakda | Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Agentlik, AOKA, MTRK, EOAVMA |
| 3.4. Korrupsiyaga oid faoliyatda statistik va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirishdagi muammo va yechimlar mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etish | 2022 yil iyun | Agentlik, Ichki ishlar vazirligi, Statistika qo‘mitasi, Oliy sud, Bosh prokuratura |
| 4. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan olib borilgan nazorat jarayonlarida aniqlangan va oldi olingan korrupsiya omillariga sabab bo‘luvchi noqonuniy xarajatlar, talon-torojliklar va suiiste’molliklar natijalarini tahlil qilish va Milliy kengash majlisida muhokama qilish. | 2022 yil may-iyun | Hisob palatasi |
| 5. Korrupsiya muammolarini tadqiq qilish samaradorligini yanada oshirish maqsadida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish, xorijiy qonunchilik va amaliyotiga oid hamda ekspertlar bazasini shakllantirish. | 2022 yil may | Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, IIV akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti |
| 6. O‘zbekistan Respublikasi Prezident Administrasiyasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ularni maqsadli sarflanishining monitoringini amalga oshirish. | 2022 yil aprel-may | Agentlik, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi |
| 7. Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar va korrupsiyaviy holatlarni o‘rganish bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish va natijasi bo‘yicha takliflar kiritish. | 2022 yil aprel-iyun | Savdo-sanoat palatasi, “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Agentlik |
| 8. Ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish. | 2022-yil 2-chorak | Adliya vazirligi, Agentlik, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi |
| 9. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti mablag‘larini shakllantirish va ularni maqsadli sarflanishini o‘rganish. | 2022 yil may | Agentlik, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi |
| 10. Respublika hududlariga yuboriladigan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining xizmat safari xarajatlarini tanqidiy tahlil qilish hamda belgilangan me’yorlarni haqiqiy xarajatlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2022 yil may | Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
| 11. Republika miqyosida amalga oshirilayotgan yirik investision loyihalarning moliyaviy xarajatlari ochiqligini ta’minlash bo‘yicha monitoring o‘tkazish. | 2022 yil may | Agentlik, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. Ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari faoliyatini kompleks o‘rganish, mavjud muammo va kamchiliklarni tahlil qilish, faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish hamda yakunlarini Milliy kengash muhokamasiga kiritish. | 2022 yil may-iyun | Agentlik, Hisob palatasi, Bosh prokuratura |
| 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF–6247-sonli farmoni talablarining ijrosi, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarini ochiqlik hamda shaffoflik borasida amalga oshirgan ishlarining monitoring va baholash natijalarini ko‘rib chiqish va yakuniy reyting baholash ishlarini tashkil etish. | 2022 yil may-iyun | Agentlik, AOKA, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Statistika qo‘mitasi |
| 14. Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazoratini olib borishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish. Bunda:Qonunchilik palatasining qo‘mitalariga hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish to‘g‘risidagi masalani kiritish huquqini berish;parlament nazorati natijalari bo‘yicha mansabdor shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan vazifalar yuklash amaliyotini kuchaytirish;parlament palatalarida qonunlarning amaliyotdagi ijrosini doimiy monitoringini olib borishda, parlament huzuridagi maxsus tuzilmalar, shu jumladan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti salohiyatidan keng foydalanish. | 2022 yil may-iyun | Oliy Majlis palatalari, Agentlik, Adliya vazirligi |
| 15. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlar yaratish va boshqa maqsadlarda byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining monitoringini amalga oshirish. | 2022 yil iyun | Agentlik, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi |
| 16. Sud organlarida faoliyat ko‘rsatuvchi va bevosita odil sudlovni amalga oshirmaydigan xodimlar tomonidan mansab vakolatlarini amalga oshirishda shaxsiy manfaatlar vujudga kelishi yoki manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘rganish va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. | 2022 yil iyun | Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Agentlik |
| 17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 dekabrdagi 765-son qarori bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekistan Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJga 2022-2024 yillarda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovasion Start-Up va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilishi rejalashtirilgan 100 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazoratga olish. | 2022 yil davomida | Agentlik, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi |
| 18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 132-son qarori bilan “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ularni maqsadli sarflanishini nazoratga olish. | 2022 yil davomida | Agentlik, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi |
| 19. Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati instituti vakillari nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb qilgan holda mavzuli tadqiqotlar o‘tkazish va bunda ijtimoiy buyurtmalar berish amaliyotini kengaytirish. | reja-grafik asosida | Agentlik, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| Measure | Deadline | Responsible |
|---|---|---|
| 1. “O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasi”ni tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazish maqsadida tadbirkorlar ishtirokida seminar va uchrashuvlar tashkil etish. | 2022 yil aprel | Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Agentlik |
| 2. Mahalla tizimidagi xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozisiya hamda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining oraliq natijalarini xodimlarga yetkazish maqsadida seminarlar tashkil etish. | 2022 yil aprel-may | Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Agentlik |
| 3. Sohalar va tarmoqlarda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha innovasion yechimlarni ko‘rsatib beruvchi grant tanlovlarini e’lon qilish. | 2022 yil aprel-may | Innovasion rivojlanish vazirligi, Agentligi, Fanlar akademiyasi, Davlat va huquq instituti, Bosh prokuratura Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti |
| 4. Sudyalarning korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ishlarni ko‘rib chiqishi bilan bog‘liq kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish. | 2022 yil 1-yarim yillikda (reja-jadvalga asosan) | Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar oliy maktabi |
| 5. “Korrupsiyaga karshi kurashish” mavzusida onlayn o‘quv portalini yaratish. | 2022 yil 2-chorak | Agentlik, Bosh prokuratura akademiyasi, Davlat boshkaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
| 6. “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olishlarini tashkil etish. | 2022 yil may | Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Agentlik, Vairlik va idoralar |
| 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari ishini to‘g‘ri tashkil etish, tashkiliy va uslubiy jihatdan ko‘maklashishga qaratilgan hududiy kengashlar a’zolari, shuningdek kengash ishchi organlari xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etish. | 2022 yil davomida | Agentlik, Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi |
| 8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha alohida sahifaga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritib borish:korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shu jumladan ushbu yo‘nalishda sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, odob-axloq qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ijro holati;sohada korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan dastur, chora-tadbirlar rejasi va boshqa hujjatlar;korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyatlar haqidagi statistik ma’lumotlar (sud qarori asosida), shu jumladan ko‘rilgan choralar yuzasidan ma’lumot va hisobotlar;jismoniy shaxslar va yuridik shaxs vakillari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berish imkoniyatini beruvchi aloqa kanallari to‘g‘risida ma’lumot;o‘tkazilgan tahlillar va jamoatchilik so‘rovlari, shu jumladan onlayn so‘rovnoma va uning natijalari;korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tayyorlangan targ‘ibot materiallari (slayd, rolik, ma’ruza matnlari, maqola, buklet, risola va b.);keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan seminar, trening, davra suhbati, muhokama, press-konferensiya va boshqa tadbirlar;joriy etilgan ichki nazorat (komplayens) tizimi bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tatbiq etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. | doimiy | Tegishli vazirlik va idoralar, AOKA, Agentlik |
| 9. Agentlikning OAV va jamoatchilik bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida:Milliy kengash va Agentlik faoliyatiga oid muhim xabarlar bo‘yicha jamoatchilikka ma’lumot berib borish;jonli efirlarni tashkil etish va ko‘rsatuv davomida aholi bilan jonli muloqotni yo‘lga qo‘yish. | doimiy | Agentlik, Milliy kengash, AOKA, MTRK, O‘zA, EOAVMA, “Uzreport” axborot agentligi |
| 10. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga va o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borishlari yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish. | reja-grafik asosida | Agentlik, AOKA, “Yuksalish” UH |