Murojaatlarning körib çiqilişi: 2022-yil 1-yarim yilligi
−61% (2021-yil 1-yarim yilligi — 2 994)
Körib çiqilmoqda: 35
Körib çiqiş yakunlari
Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, xalq bilan muloqotini yölga qöyiş, murojaatlar bilan işlaşini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga joriy yilning 1 yarim yilligida jami 1 169 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan 1 134 tasi körib çiqilişi ta'minlangan, hozirda 35 ta murojaat körib çiqilmoqda.
Şundan, 49 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 380 ta murojaatga huquqiy maslahat va tuşuntirişlar beriş orqali qanoatlantirilgan, 39 ta murojaat anonim deb topilgan, 11 ta takroriy murojaat körib çiqilişi belgilangan tartibda tugatilgan, 2 ta murojaat ma'lumot uçun qabul qilingan, 653 ta murojaat taalluqliligi böyiça tegişli vazirlik va idoralarga yönaltirilgan.
Kelib tuşgan murojaatlarning 998 tasi jismoniy şaxslardan, 171 tasi yuridik şaxslardan, 907 tasi yozma, 193 tasi elektron, 69 tasi oğzaki körinişda, şundan, 45 tasi Agentlik rahbariyatining şaxsiy qabulida, 45 tasi mas'ul xodimlarning qabulida, 58 tasi Call markaz orqali kelib tuşgan.
Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, şahar) hokimliklariga 25 ta sörovnoma yuborilgan, qonunbuziş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 15 ta taqdimnoma kiritilgan.
Murojaatlarni örganiş natijasiga köra, 9 ta qonun hujjatlariga zid ravişda çiqarilgan hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan 7 ta jinoyat işi, 4 ta ma'muriy javobgarlikka va 2 ta intizomiy javobgarlik töğrisidagi işlar qözğatilgan va mavjud xato-kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan. Murojaatlarni örganişda aniqlangan moliyaviy xato va kamçiliklar miqdori 30,4 mlrd. sömni taşkil qilgan.
Agentlikka kelib tuşayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi töğrisida yozilgan murojaatlardan iboratdir.
Respublikamida olib borilayotgan keng islohatlar hamda Korrupsiya qarşi kuraşiş agentligi tomonidan olib borilayotgan amaliy işlar, jumladan, turli yönalişlardagi korrupsiyasiz soha loyihalari, korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan yöl xaritalarining ijrosi hamda qonunçilikka kiritilayotgan özgartirişlar natijasida Agentlikka kelib tuşayotgan murojaatlarning soni va sohalar böyiça kamayişi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-yarim yilligida Agentlikka kelib tuşgan 1 169 ta murojaatlarni 2021 yilning 1-yarim yilligida kelib tuşgan 2 994 ta murojaatlarga nisbatan soliştirganda, murojaatlar salmoği 61 foizga kamaygan.
Körib çiqiş natijalari
Körib çiqiş natijalari böyiça murojaatlar soni. Çiziq kattaliklarni soliştirişga yordam beradi.
| Natija | Murojaatlar | Soliştiriş |
|---|---|---|
| Ijobiy hal etilgan | 49 | |
| Huquqiy maslahat va tuşuntiriş beriş orqali qanoatlantirilgan | 380 | |
| Anonim deb topilgan | 39 | |
| Takroriy murojaatlar körib çiqilişi tugatilgan | 11 | |
| Ma’lumot uçun qabul qilingan | 2 | |
| Taalluqliligi böyiça vazirlik va idoralarga yönaltirilgan | 653 |
Murojaatçilar va murojaat şakllari
Kim murojaat qilgan
Murojaat şakli
şundan Agentlik rahbariyatining şaxsiy qabulida: 45
şundan mas’ul xodimlarning qabulida: 45
şundan Call-markaz orqali: 58
Körilgan çoralar
Murojaatlarni örganiş natijalariga köra.
Sohalar böyiça kamayiş
2021-yil 1-yarim yilligiga nisbatan murojaatlar soni qançaga kamaygani.
| Soha, yönaliş | Özgariş |
|---|---|
| Pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlaşdagi muammolar yuzasidan | −88,9% |
| Uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan | −85,4% |
| Mehnat qonunçiligining buzilişi holatlari böyiça | −84,6% |
| Xalq ta'limi sohasi böyiça | −84,4% |
| Davlat byudjeti mablağlarining talon-taroj qilinişi yuzasidan | −80,0% |
| Soğliqni saqlaş sohasidagi qonunbuziliş holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan | −72,1% |
| FIB sud qarorlaridan norozilik | −66,7% |
| JIB sud qarorlaridan norozilik | −64,5% |
| MIB sud qarorlaridan norozilik | −60,4% |
| Kadastr sohasi böyiça | −58,1% |
| Elektr ta'minotidagi muammolar yuzasidan | −50,0% |
| Suğurta masalalarida | −33,3% |
Hududlar kesimida murojaatlar
Har bir hududdan kelib tuşgan murojaatlar soni.
| Hudud | Murojaatlar | Soliştiriş |
|---|---|---|
| Toşkent şahri | 350 | |
| Toşkent viloyati | 123 | |
| Qaşqadaryo viloyati | 101 | |
| Namangan viloyati | 78 | |
| Samarqand viloyati | 78 | |
| Farğona viloyati | 56 | |
| Surxondaryo viloyati | 53 | |
| Sirdaryo viloyati | 51 | |
| Navoiy viloyati | 51 | |
| Buxoro viloyati | 50 | |
| Jizzax viloyati | 47 | |
| Andijon viloyati | 45 | |
| Qoraqalpoğiston Respublikasi | 44 | |
| Xorazm viloyati | 39 | |
| Çet eldan | 3 |
Xulosa va çora-tadbirlar
Hududlar kesimida Agentlikka kelib tuşgan murojaatlarni 2021 yilning 1-yarim yilligiga nisbatan soliştirganda Navoiy viloyatidan 86,6 foizga, Surxondaryo viloyatidan 78,9 foizga, Xorazm viloyatidan 72,1 foizga, Samarqand viloyatidan 68,8 foizga, Jizzax viloyatidan 66,9 foizga, Namangan viloyatidan 59,8 foizga, Buxoro viloyatidan 55,8 foizga murojaatlar kamaygan.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşda, murojaatlarda körsatib ötilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib çiqarayotgan omillarni bartaraf qiliş, muammolarga yeçim topiş, murojaatlarni tahlil qiliş asosida qonunçilikni yanada takomillaştirişni nazarda tutuvçi takliflarni işlab çiqiş va tegişli çora-tadbirlarni belgilab olinişi muhim ahamiyat kasb etişini inobatga olgan holda, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2022 yil uçun tegişli çora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Belgilangan çora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2022 yil davomida amaldagi qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va tegişli organlarga kiritiş böyiça vazifalar amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, Murojaatlar bilan işlaş tarmoği tomonidan vazirlik va idoralar, Agentlik tarkibiy tarmoqlari bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarida körsatib ötilayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularni keltirib çiqarayotgan omillarni tahlil qiliş orqali muammolarga yeçim topiş, mavjud tartib-taomillarni özgartirişni (raqamlaştiriş, soddalaştiriş, tugatiş kabilarni) nazarda tutuvçi hamda qonunçilikni yanada takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqilib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining navbatdagi yiğilişi muhokamasiga kiritildi.