Virtual qabulxona

Murojaatlarning körib çiqilişi: 2022-yil

2 234
Kelib tuşgan murojaatlar

−54,4% (2021-yil — 4 901)

2 219
Körib çiqilişi ta’minlangan

Körib çiqilmoqda: 15

88
Ijobiy hal etilgan
817
Huquqiy maslahat va tuşuntiriş beriş orqali qanoatlantirilgan

Körib çiqiş yakunlari

Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, xalq bilan muloqotini yölga qöyiş, murojaatlar bilan işlaşini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga 2022 yilda jami 2234 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan 2219 tasi körib çiqilişi ta’minlangan, hozirda 15 ta murojaat körib çiqilmoqda. Şundan, 88 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 817 ta murojaatga huquqiy maslahat va tuşuntirişlar beriş orqali qanoatlantirilgan, 2 tasining ijobiy yeçimi yuzasidan Agentlikka taşakkurnoma bildirildi, 63 ta murojaat anonim deb topilgan, 26 ta takroriy murojaat körib çiqilişi belgilangan tartibda tugatilgan, 5 ta murojaat ma’lumot uçun qabul qilingan, 1220 ta murojaat taalluqliligi böyiça tegişli vazirlik va idoralarga yönaltirilgan.

Kelib tuşgan murojaatlarning 1919 tasi jismoniy şaxslardan, 315 tasi yuridik şaxslardan, 1565 tasi yozma, 306 tasi elektron, 363 tasi oğzaki körinişda, şundan, 103 tasi Agentlik rahbariyatining şaxsiy qabulida, 75 tasi mas’ul xodimlarning qabulida, 185 tasi Call markaz orqali kelib tuşgan.

Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, şahar) hokimliklariga 52 ta sörovnoma yuborilgan, qonunbuziş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 36 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni örganiş natijasiga köra, 13 ta qonun hujjatlariga zid ravişda çiqarilgan hujjatlar bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan 12 ta jinoyat işi, 5 ta ma’muriy javobgarlik va 12 ta intizomiy javobgarlik töğrisidagi işlar qözğatilgan va mavjud xato-kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan. Murojaatlarni örganiş natijalariga köra, 30,9 mlrd. sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlangan.

Respublikamizda olib borilayotgan keng islohotlar hamda Korrupsiya qarşi kuraşiş agentligi tomonidan olib borilayotgan amaliy işlar, jumladan, turli yönalişlardagi korrupsiyasiz soha loyihalari, korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan yöl xaritalarining ijrosi hamda qonunçilikka kiritilayotgan özgartirişlar natijasida Agentlikka kelib tuşayotgan murojaatlarning soni va sohalar böyiça kamayişi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilda Agentlikka kelib tuşgan 2234 ta murojaatlarni 2021 yilda kelib tuşgan 4901 ta murojaatlarga nisbatan soliştirganda, murojaatlar salmoği 54,4 foizga kamaygan.

Agentlikka kelib tuşayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi töğrisida yozilgan murojaatlardan iboratdir.

Körib çiqiş natijalari

Körib çiqiş natijalari böyiça murojaatlar soni. Çiziq kattaliklarni soliştirişga yordam beradi.

Körib çiqiş natijalari, 2022-yil
NatijaMurojaatlarSoliştiriş
Ijobiy hal etilgan88
— şundan Agentlikka taşakkurnoma bildirilgan2
Huquqiy maslahat va tuşuntiriş beriş orqali qanoatlantirilgan817
Anonim deb topilgan63
Takroriy murojaatlar körib çiqilişi tugatilgan26
Ma’lumot uçun qabul qilingan5
Taalluqliligi böyiça vazirlik va idoralarga yönaltirilgan1 220

Murojaatçilar va murojaat şakllari

Kim murojaat qilgan

1 919
Jismoniy şaxslardan
315
Yuridik şaxslardan

Murojaat şakli

1 565
Yozma
306
Elektron
363
Oğzaki

şundan Agentlik rahbariyatining şaxsiy qabulida: 103

şundan mas’ul xodimlarning qabulida: 75

şundan Call-markaz orqali: 185

Körilgan çoralar

Murojaatlarni örganiş natijalariga köra.

52
Vazirlik, idora va hokimliklarga sörovnoma
36
Qonunbuziş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan taqdimnoma
13
Qonun hujjatlariga zid çiqarilgan hujjat bekor qilingan
12
Jinoyat işi qözğatilgan
5
Ma’muriy javobgarlik böyiça iş
12
Intizomiy javobgarlik töğrisidagi iş
30,9
Aniqlangan moliyaviy xato va kamçiliklar, mlrd söm

Sohalar böyiça murojaatlar

Eng köp uçraydigan önta mavzu. Töliq röyxat — jadval ostida.

Sohalar böyiça murojaatlar, 2022-yil
Soha, yönalişMurojaatlarUluşiSoliştiriş
Sud qarorlaridan noroziliklar22910,2%
Ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilişi holatlari böyiça1848,0%
Davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuziliş holatlari böyiça1607,0%
Içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar1345,8%
Agentlikka işga kiriş masalasida1225,8%
Prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bölmayotganligi böyiça1144,9%
Ayrim xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida1115,3%
Mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor şaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar1115,1%
Yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bölayotganligi böyiça1105,1%
Soğliqni saqlaş sohasidagi qonunbuziliş holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan954,0%
Barça soha va yönalişlar (45)
Barça soha va yönalişlar (45)
Soha, yönalişMurojaatlarUluşi
Sud qarorlaridan noroziliklar22910,2%
— JIB sud qaroridan120
— FIB sud qaroridan59
— Iqtisodiy sud qaroridan24
— Ma’muriy sud qarorlaridan20
— Harbiy sud qaroridan6
Ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilişi holatlari böyiça1848,0%
— Xalq ta’limi sohasida944,2%
— Oliy ta’lim sohasida482,1%
— Maktabgaça ta’lim sohasida421,9%
Davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuziliş holatlari böyiça1607,0%
Içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar1345,8%
Agentlikka işga kiriş masalasida1225,8%
Prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bölmayotganligi böyiça1144,9%
Ayrim xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida1115,3%
Mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor şaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar1115,1%
Yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bölayotganligi böyiça1105,1%
Soğliqni saqlaş sohasidagi qonunbuziliş holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan954,0%
Firibgarlik jinoyatlari yuzasidan753,9%
Qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar723,9%
Majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi böyiça703,2%
Kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar703,2%
Davlat boşqaruvi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik masalasida562,6%
Tadbirkorlik masalasida582,5%
Mahalla fuqarolar yiğinlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan452,1%
Gaz masalasida361,6%
Mehnat qonunçiligining buzilişi holatlari böyiça351,3%
Noqonuniy qurilişlar masalasida341,6%
Kadastr masalasida231,1%
Uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan221,0%
Agentlik rahbariyati qabuliga kiriş masalasida200,9%
Tabiiy ofatlardan zarar körganlarga kompensatsiya mablağlarini undiriş böyiça190,9%
Şartnoma şartlarini bajarmaslik masalasida190,8%
Elektr-energiyasi masalasida170,7%
Soliq hodimlarining hatti-harakatidan noroziligi yuzasidan150,7%
Budjet mablağlarini talon taroj qiliş masalasida150,7%
Mahallalarda ötkazilgan saylovlar masalasida130,6%
Moddiy yordam va moddiy zararni undiriş masalasida130,6%
Pensiya masalasida100,5%
Reyting baholaşni mustaqil amalga oşiruvçi ekspertlar guruhi tarkibiga kiriş yuzasidan80,4%
Adliya organlari xodimlaridan norozilik80,4%
Sport sohasidagi qonunbuziliş holatlari yuzasidan80,3%
Advokatning xatti-harakatlaridan norozilik masalasida70,3%
"Obod mahalla" dasturi bilan boğliq masalalar böyiça70,2%
Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari faoliyati masalasida60,3%
Korrupsiyaga oid jinoyatlar60,3%
Yöl ta’mirlaş va transport sohasida60,2%
Aliment undiriş masalasida50,3%
Yoşlar işlari masalasida41,0%
Subsidiya ajratiş masalasida40,2%
Suv masalasida20,2%
Ekologiya masalasida20,1%
Turli masalalar542,6%

Hududlar kesimida murojaatlar

Har bir hududdan kelib tuşgan murojaatlar soni.

Hududlar kesimida murojaatlar, 2022-yil
HududMurojaatlarSoliştiriş
Toşkent şahri668
Toşkent viloyati260
Qaşqadaryo viloyati200
Samarqand viloyati165
Namangan viloyati132
Farğona viloyati128
Buxoro viloyati100
Surxondaryo viloyati95
Andijon viloyati93
Navoiy viloyati89
Jizzax viloyati83
Sirdaryo viloyati78
Xorazm viloyati68
Qoraqalpoğiston Respublikasi67
Çet eldan8

Xulosa va çora-tadbirlar

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşda, murojaatlarda körsatib ötilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib çiqarayotgan omillarni bartaraf qiliş, muammolarga yeçim topiş, murojaatlarni tahlil qiliş asosida qonunçilikni yanada takomillaştirişni nazarda tutuvçi takliflarni işlab çiqiş va tegişli çora-tadbirlarni belgilab olinişi muhim ahamiyat kasb etişini inobatga olgan holda, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2022 yil uçun tegişli çora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Belgilangan çora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2022 yil davomida amaldagi qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va tegişli organlarga kiritiş böyiça tegişli vazifalar amalga oşirildi.

Jumladan, amaldagi qonunçilikda xarid komissiyasining aniq vazifa va vakolatlari qayd etilmaganligi va boşqa bir qator korrupsion omillarning mavjudligi bu sohada ötkazilgan tender savdolari böyiça köplab murojaatlarni kelib tuşayotganligi inobatga olib, Agentlik tomonidan quriliş sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi va 11 ta korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlandi. Mazkur korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etişga qaratilgan Agentlik tomonidan bildirilgan takliflarga muvofiq Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan “Quriliş sohasida elektron davlat xaridlarini taşkil etiş va amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi Nizom qabul qilindi.

Şuningdek, Agentlik vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarida körsatib ötilayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularni keltirib çiqarayotgan omillarni tahlil qiliş orqali muammolarga yeçim topiş, mavjud tartib-taomillarni özgartirişni (raqamlaştiriş, soddalaştiriş, tugatiş kabilarni) nazarda tutuvçi hamda qonunçilikni yanada takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqilib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişida muhokama qilinib, tegişli “Yöl xaritasi” tasdiqlandi. Mazkur “Yöl xarita” tegişli vazirlik va idoralarga ijro uçun yuborildi.

Jumladan, mazkur “Yöl xarita”da nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarini taşkil etiş böyiça davlat-xususiy şeriklik asosida bitim imzolaşda “inson omili”ning mavjudligini inobatga olgan holda davlat-xususiy şeriklik asosida bitim imzolanişini elektron tarzda amalga oşiriş közda tutilgan bölib, belgilangan vazifa ijrosi yuzasidan Maktabgaça ta’lim vazirligi tomonidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşirildi va davlat-xususiy şeriklik asosidagi bitimlarni imzolaş elektron şaklda amalga oşirilişi yölga qöyildi.

Murojaatlar böyiça barça ma’lumotlar