Murojaatlarning körib çiqilişi: 2023-yil
+58,7% (2022-yil — 2 234)
Körib çiqiş yakunlari
Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, xalq bilan muloqotni yölga qöyiş, murojaatlar bilan işlaşni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga 2023-yilda jami 3 545 ta murojaat kelib tuşgan. Körib çiqilgan murojaatlarning 91 tasi ijobiy hal etilgan, şundan 5 tasining ijobiy yeçimi yuzasidan Agentlikka taşakkurnoma bildirilgan, 1 022 ta murojaatga huquqiy maslahat va tuşuntirişlar beriş orqali qanoatlantirilgan, 27 ta murojaat anonim deb topilgan, 302 ta takroriy murojaat körib çiqilişi belgilangan tartibda tugatilgan, 8 ta murojaat maʼlumot uçun qabul qilingan, 2 063 ta murojaat taalluqliligi böyiça tegişli vazirlik va idoralarga yönaltirilgan bölib, hozirda 32 ta murojaat körib çiqilmoqda. Kelib tuşgan murojaatlarning 3 193 tasi jismoniy şaxslardan, 352 tasi yuridik şaxslardan, 944 tasi yozma, 2 251 tasi elektron, 350 tasi Call markaz orqali oğzaki körinişda kelib tuşgan. Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, şahar) hokimliklariga 51 ta sörovnoma yuborilgan, qonunbuzişb holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 34 ta taqdimnoma kiritilgan. Murojaatlarni örganiş natijasiga köra, 8 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, şundan 1 nafar davlat idorasi xodimi bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qaror bekor qilingan, 6 ta jinoyat işi, 3 ta maʼmuriy iş qözğatilgan va mavjud xato-kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan.
Mamlakatimizdagi oçiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarşi kuraş mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravşan şakllanayotganligi hamda davlat idoralari masʼullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar oçiqlanişi natijasida Agentlikka kelib tuşayotgan murojaatlarning soni köpayişi kuzatilmoqda. Jumladan, 2023-yilda Agentlikka kelib tuşgan 3 545 ta murojaatlarni 2022 yilda kelib tuşgan 2 234 ta murojaatlarga nisbatan soliştirganda, murojaatlar salmoği 58,7 foizga oşgan.
Agentlikka kelib tuşayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi töğrisida yozilgan murojaatlardan iborat.
Körib çiqiş natijalari
Körib çiqiş natijalari böyiça murojaatlar soni. Çiziq kattaliklarni soliştirişga yordam beradi.
| Natija | Murojaatlar | Soliştiriş |
|---|---|---|
| Körib çiqilmoqda | 32 | |
| Ijobiy hal etilgan | 91 | |
| — şundan Agentlikka taşakkurnoma bildirilgan | 5 | |
| Huquqiy maslahat va tuşuntiriş beriş orqali qanoatlantirilgan | 1 022 | |
| Anonim deb topilgan | 27 | |
| Takroriy murojaatlar körib çiqilişi tugatilgan | 302 | |
| Ma’lumot uçun qabul qilingan | 8 | |
| Taalluqliligi böyiça vazirlik va idoralarga yönaltirilgan | 2 063 |
Murojaatçilar va murojaat şakllari
Kim murojaat qilgan
Murojaat şakli
Körilgan çoralar
Murojaatlarni örganiş natijalariga köra.
Sohalar böyiça murojaatlar
Eng köp uçraydigan önta mavzu. Töliq röyxat — jadval ostida.
| Soha, yönaliş | Murojaatlar | Uluşi | Soliştiriş |
|---|---|---|---|
| Taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilişi holatlari böyiça | 511 | 15,5% | |
| Sud qarorlaridan noroziliklar | 406 | 11,4% | |
| Davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuziliş holatlari böyiça | 301 | 8,4% | |
| Içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar | 281 | 7,9% | |
| Prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bölmayotganligi böyiça | 187 | 5,2% | |
| Mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor şaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar | 165 | 4,6% | |
| Ayrim davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida | 148 | 4,2% | |
| Majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi böyiça | 146 | 4,1% | |
| Yer masalasida | 135 | 3,8% | |
| Kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida | 126 | 5,5% |
Barça soha va yönalişlar (43)
| Soha, yönaliş | Murojaatlar | Uluşi |
|---|---|---|
| Taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilişi holatlari böyiça | 511 | 15,5% |
| — Xalq taʼlimi sohasida (168 tasi dublikat) | 407 | 11,5% |
| — Oliy taʼlim sohasida | 68 | 1,9% |
| — Maktabgaça taʼlim sohasida | 36 | 1,0% |
| Sud qarorlaridan noroziliklar | 406 | 11,4% |
| — Harbiy sud qaroridan (114 tasi dublikat) | 151 | |
| — JIB sud qaroridan | 105 | |
| — FIB sud qaroridan | 78 | |
| — Iqtisodiy sud qaroridan | 43 | |
| — MIB sud qaroridan | 29 | |
| Davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuziliş holatlari böyiça | 301 | 8,4% |
| Içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar | 281 | 7,9% |
| Prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bölmayotganligi böyiça | 187 | 5,2% |
| Mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor şaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar | 165 | 4,6% |
| Ayrim davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida | 148 | 4,2% |
| Majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi böyiça | 146 | 4,1% |
| Yer masalasida | 135 | 3,8% |
| Kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida | 126 | 5,5% |
| Soğliqni saqlaş sohasidagi qonunbuziliş holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan | 90 | 2,5% |
| Firibgarlik jinoyatlari yuzasidan | 87 | 2,4% |
| Kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar | 82 | 2,3% |
| Gaz-elektr masalasida | 77 | 2,2% |
| Mehnat munosabatlari va iş haqi undiriş yuzasidan | 73 | 2,1% |
| Mahalla fuqarolar yiğinlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan | 66 | 1,9% |
| Noqonuniy quriliş va quriliş masalasida | 65 | 1,8% |
| Qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar | 56 | 1,6% |
| Tadbirkorlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va huquqlarini himoya qiliş masalasida | 47 | 1,3% |
| Uy-joy masalasida | 46 | 1,2% |
| Agentlikka işga kiriş masalasida | 45 | 1,2% |
| Şartnoma şartlarining bajarilmayotganligi masalasida | 41 | 1,1% |
| Kadastr masalasida | 37 | 1,1% |
| Soliq xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar | 34 | 1,0% |
| Içimlik suvi taʼminotidagi muammolar va suvdan foydalaniş masalasida | 21 | 0,6% |
| Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati (XUJMŞ) faoliyatidan | 19 | 0,5% |
| "Obod qişloq" va “Obod mahalla” dasturlari yuzasidan | 16 | 0,4% |
| Agentlik rahbariyatining şaxsiy qabuliga kiriş yuzasidan | 15 | 0,4% |
| Jismoniy tarbiya va sport masalasida | 10 | 0,3% |
| Içki yöllarni taʼmirlaş masalasida | 8 | 0,2% |
| Agentlikning jamoatçilik kengaşiga ekspert böliş masalasida | 6 | 0,2% |
| Adliya organlarining faoliyatidan norozilik masalasida | 6 | 0,2% |
| Kadastr xodimlarining xatti-xaraktalaridan norozilik masalasida | 5 | 0,2% |
| Minnatdorçilik | 4 | 0,1% |
| Imom xatiblarining xatti-harakatlaridan norozi masalasida | 3 | 0,1% |
| Saylov jarayonlaridan norozilik masalasida | 3 | 0,1% |
| Bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan | 2 | 0,1% |
| Oçiqlik va şaffoflik masalalarida | 2 | 0,1% |
| Notariuslarning xatti-xarakatlari yuzasidan | 2 | 0,1% |
| Suğurta kompaniyalari va ularning xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan | 2 | 0,1% |
| Milliy gvardiya xodimlarining xatti-xarakatlari yuzasidan | 2 | 0,1% |
| Meros masalasida | 2 | 0,1% |
| Turli masalalar | 165 | 4,7% |
Hududlar kesimida murojaatlar
Har bir hududdan kelib tuşgan murojaatlar soni.
| Hudud | Murojaatlar | Soliştiriş |
|---|---|---|
| Toşkent şahri | 923 | |
| Qaşqadaryo viloyati | 399 | |
| Navoiy viloyati | 368 | |
| Toşkent viloyati | 325 | |
| Samarqand viloyati | 306 | |
| Surxondaryo viloyati | 290 | |
| Jizzax viloyati | 154 | |
| Farğona viloyati | 149 | |
| Xorazm viloyati | 137 | |
| Namangan viloyati | 137 | |
| Buxoro viloyati | 127 | |
| Andijon viloyati | 105 | |
| Qoraqalpoğiston Respublikasi | 76 | |
| Sirdaryo viloyati | 43 | |
| Çet eldan | 6 |
Xulosa va çora-tadbirlar
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan murojaatlar bilan işlaş borasidagi amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar aholi muammolarining yeçimi topilişiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda körsatib ötilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib çiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qiliş uçun tegişli çora-tadbirlarning işlab çiqilişiga zamin yaratmoqda.