Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

16,4 mlrd so‘mlik 9 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 16,4 mlrd so‘mlik 9 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi:

Jumladan:

 - “Andijanpetro” MCHJ buyurtmachiligida 9,4 mlrd so‘mlik;

- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”AJ buyurtmachiligida 654,2 mln so‘mlik davlat xaridlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning qator talablarga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek:

- Fan Olimpiadalari markazi buyurtmachiligidagi 2,1 mlrd so‘mlik;

- “Bekobod ovqatlantirish kombinati” MCHJ buyurtmachiligidagi 1,6 mlrd so‘mlik;

- Xorazm ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati buyurtmachiligidagi 1,1 mlrd  so‘mlik;

- Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 396,5 mln so‘mlik;

- Buxoro davlat pedagogika instituti akademik litseyi buyurtmachiligida 308,59 mln  so‘mlik;

 - “O‘ztransgaz” AJ buyurtmachiligida 221,1 mln so‘mlik;

- Izboskan tuman 15-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati buyurtmachiligida o‘tkazilgan 100 mln so‘mlik davlat xaridlarida sohaga oid qonunchilik talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishiga hamda ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan yuborilgan Agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta‘minlanib, davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot agentligi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar