Virtual qabulxona

2 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Asosiy yangiliklar 914 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachilarining 2 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Jumladan, Sirdaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida hududdagi mahallalarni rivojlantirish master-rejasini ishlab chiqish bo‘yicha jami 2 mlrd so‘mlik davlat xaridida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning qator talablariga zid ravishda baholash jarayonida raqobat va xolislik prinsipilari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Qayd etilgan holat bo'yicha Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomasi bekor qilindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar