Virtual qabulxona

2022-yil davomida xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilish holati tahlil qilindi

Yangiliklar 5 007 marta körilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalarini telekanallar, shuningdek, Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatishni taʼminlash belgilangan.

Shunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur tartibning mahalliy kengashlar tomonidan 2022-yil davomida ijro etilishi holatini tahlil qildi.

O‘rganish davomida Kengashlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi ko‘rib chiqildi. Bunda sessiyalar to‘g‘risida eʼlon qilingan qisqa xabarlar yoki foto va videoreportajlar farmon talablari ijrosini taʼminlamaganlik sifatida baholandi. Shuningdek, masofaviy monitoring tartibida translyatsiyalarning sifati va to‘liqligi o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 2022-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan jami 245 ta sessiya o‘tkazilgan. Ulardan faqatgina 61 tasi, yaʼni 25 foizi mahalliy telekanallar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Misol uchun, xalq deputatlari Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar kengashlari tomonidan 2022-yil davomida o‘tkazilgan birorta sessiyalar jonli efirga uzatilmagan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarining onlayn efirga uzatilish holati
(2022-yil davomida)

Hududlar
(Viloyatlar)
O‘tkazilgan sessiyalar soniEfirga uzatilgan sessiyalar soniJonli efirga uzatilmagan sessiyalar
Jizzax viloyati 11011 (100%)
Toshkent shahar 22022 (100%
Namangan viloyati707 (100%
Xorazm viloyati 17017 (100 %)
Farg‘ona viloyati13013 (100%)
Surxondaryo viloyati 24123 (96%)
Qashqadaryo viloyati 18315 (83%)
Andijon viloyati 14410 (71%)
Toshkent viloyati 22418 (82%)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1578 (53%)
Sirdaryo viloyati 1486 (43%)
Navoiy viloyati 1798 (47 %)
Samarqand viloyati 261115 (54%)
Buxoro viloyati 251411 (44 %)
Jami24561184 (85 %)

Shuningdek, o‘rganish davomida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilishi holati ham tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, 2022-yil davomida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan Respublika bo‘yicha jami 3 154 ta sessiyalari o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan faqatgina 750 tasi, yaʼni 24 foizi mahalliy telekanallar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Jumladan, Toshkent viloyatida 13 ta (O‘rtachirchiq, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Toshkent t., Yuqorichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq, Quyichirchiq, Parkent, Angren, Chirchiq, Nurafshon, Yangiyo‘l), Andijon viloyatida 8 ta (Andijon t., Jalaquduq, Baliqchi, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Ulug‘nor, Asaka, Buloqboshi), Buxoro viloyatida 6 ta (Shofirkon, Kogon, Peshku, Romitan, Jondor, G‘ijduvon), Qashqadaryo viloyatida 6 ta (Shahrisabz, Dehqonobod, Muborak, Qarshi shahar, G‘uzor, Nishon), Navoiy viloyatida 4 ta (Tomdi, Xatirchi, Konimex, Navbahor), Namangan viloyatida 4 ta (Chortoq, Chust, Kosonsoy, Uychi), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta (Qo‘ng‘irot, Beruniy, Bo‘zatov), Xorazm viloyatida 3 ta (Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Xiva sh.), Surxondaryo viloyatida 2 ta (Denov, Sariosiyo), Samarqand viloyatida 1 ta (Qo‘shrabot) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari umuman jonli translyatsiya qilmagani maʼlum bo‘ldi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilish holati
(2022-yil davomida)

Hudud (tuman, shahar)O‘tkazilgan sessiyalar soniEfirga uzatilgan sessiyalar soniJonli firga uzatilmagan sessiyalar soni
Jizzax viloyati25025 (100%)
Toshkent shahar2350235 (100%)
Namangan viloyati1195114 (96%)
Farg‘ona viloyati3166310 (98%)
Andijon viloyati1766170 (97%)
Qashqadaryo viloyati18229153 (83%)
Navoiy viloyati17531144 (82%)
Sirdaryo viloyati16851117 (70%)
Toshkent viloyati40254348 (87%)
Buxoro viloyati26766201 (75%)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi25467187 (74%)
Xorazm viloyati21971148 (68%)
Surxondaryo viloyati21512392 (43%)
Samarqand viloyati401241160 (40%)
Jami3 1547502 404 (76%)

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar