Agentlik direktori boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida o‘rganishlar o‘tkazdi
Agentlik direktori A.Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida korrupsiya holatini tizimli tahlil qilish, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganishlar mobaynida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan xorijiy tashriflar, xalqaro doiradagi tadbirlarda erishilgan muhim kelishuvlar asosida viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasining ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlar holati bilan tanishildi.

O‘rganishlar mobaynida quyidagi investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar samaradorligi bilan tanishildi:
➖Qushtepa tumani «Balandmasjid» MFY hududidagi ichki yo‘llarni asfallashtirish;
➖«Qayrag‘och» MFY hududini ichimlik suvi bilan ta’minlash;
➖Farg‘ona shahrida yillik 10 ming dona elektromobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonani ishga tushirish;
➖Quvasoy shahrida yiliga 450 ming dona quyosh pannellari, yoritish uskunalari hamda ularni quvvatlovchi batareyalar ishlab chiqarishni tashkil etish.

Ishchi guruh viloyat sog'liqni saqlash tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasining ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi.
O‘rganishlar davomida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy etish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ma’sullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati