Agentlik direktori fuqarolarni qabul qildi
Xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularni tinglash va muammolarni imkon darajasida hal etish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Agentlik rahbariyati va masʼullari tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan shaxsiy qabullar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, bugun Agentlik direktori Akmal Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar o‘z murojaatlarida asosan sud-huquq masalalarida hamda turli davlat organlari, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligidan hamda korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirishdi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari to‘liq tinglanib, muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati