Virtual qabulxona

Agentlik direktori murojaatchilarni qabul qildi

Asosiy yangiliklar 1 418 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va xodimlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, Agentlik direktori Akmal Burxanov har oy yakunida fuqarolarni shaxsan qabul qilib, ularning muammolari, murojaat va takliflarini muntazam o‘rganib kelmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan qabulda respublika hududlaridan kelgan jismoniy va yuridik shaxslar asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar qarorlaridan, vazirlik va idoralar tomonidan murojaatlari xolisona va to‘liq ko‘rib chiqilmayotganligidan norozilik bildirishdi.

Qabul jarayonida har bir murojaat to‘liq tinglandi va murojaatchilarga tegishli huquqiy tushuntirishlar, maslahatlar berildi, ayrim muammoli masalalar tezkorlik bilan hal etildi.

Ba’zi murojaatlar ijrosi o‘rganish va vaqt talab qilganligi bois ular bo‘yicha ariza va shikoyatlar qabul qilindi. Endilikda mazkur murojaatlarning amaliy yechimi qat’iy nazoratga olinadi.

Bunda asosiy maqsad korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdir.

Bundan tashqari, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar aholi duch kelayotgan to‘siqlarni, real holatni yaqindan o‘rganish va tahlil qilish orqali ushbu illatning oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda yangi va samarali mexanizmlar ishlab chiqishga katta yordam beradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar