Virtual qabulxona

Agentlik direktori sovrini uchun navbatdagi sport musobaqalari o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 860 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida sport musobaqalarini muntazam o‘tkazish yaxshi anʼanaga aylangan.

Xususan, mamlakatimiz Prezidentining sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga oid Farmoni ijrosi doirasida Agentlik direktori sovrini uchun navbatdagi sport musobaqasi tashkil etildi.

Unda Agentlik xodimlari shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, nafaqat o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini, balki jamoaviy hamjihatlik, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat tamoyillariga sodiqligini ham namoyon etdi.

Har bir bahs ishtirokchilardan tezkor fikrlash, iroda, mahorat va jamoaviy hamkorlikni talab qildi. Musobaqalar davomida qizg‘in raqobat, ko‘tarinki kayfiyat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhiti hukm surdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, belgilangan mezonlar asosida eng yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Bunday sport tadbirlari xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, korporativ madaniyatni yuksaltirish, jamoada o‘zaro ishonch va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar