Virtual qabulxona

Agentlik direktori huzurida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 1 480 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil ostida xalqimiz murojaatlari tinglanib, ularning masalalariga yechim topish choralari ko‘rilmoqda.

Bu borada bugun Agentlik direktori A.Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolar asosan sud-huquq masalalari bo‘yicha hamda turli davlat organlari, mahalliy idoralarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligidan hamda turli korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirishdi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari to‘liq tinglanib, masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar