Virtual qabulxona

Agentlik direktorining navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi

Asosiy yangiliklar 620 marta körilgan

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda bo‘lgan fuqarolar asosan mehnat munosabatlari hamda ish bilan ta’minlanishni so‘rab murojaat qilishdi.

Fuqarolarning murojaatlari to‘liq tinglanib, muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar