Virtual qabulxona

Agentlik va Odil sudlov akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yanada kengaytiriladi

Asosiy yangiliklar 885 marta körilgan

Bugun Odil sudlov akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining o‘rinbosarlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida "favqulodda holat" e’lon qilinishi doirasida amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar, xususan, sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma'lumot berildi.

Jumladan, sudyalar va ularning oila aʼzolari mol-mulkini deklaratsiya qilish, komplayens-nazorat tizimini joriy etish, sud apparati xodimlarini ishga qabul qilishning ochiq tartibini yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, "Raqamli sud" konsepsiyasi asosida sud tizimini raqamlashtirish bo‘yicha vazifa va maqsadlar, sudyalarning kasbiy faoliyatida halollik, xolislik hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishning dolzarbligi muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjatga muvofiq Tomonlar:

▫️ ta'lim, ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

▫️professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni o‘quv jarayonlariga jalb etish;

▫️o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash, konferensiya va seminarlar tashkil etish;

▫️ masofaviy ta'lim platformalarini rivojlantirish;

▫️sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida qonunchilikni takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi qator muhim yo'nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar