Agentlikda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik direktori A.Burxanov ayol xodimlarni samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromi va ezgu tilaklarini bildirdi.
Tabrikda ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning faol ishtirokchisiga aylanib ulgurgani, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishdek dolzarb va masʼuliyatli faoliyatda ham ularning fidoyilik bilan xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.

"Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarning fidokorona mehnatlaringizga tayanamiz"—dedi A.Burxanov.

Tadbir yakunida Agentlik ayollariga bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati