Virtual qabulxona

Aksilkorrupsiya strategiyasini ishlab chiqishda xalqaro standartlar va xorijiy ilg‘or tajribalar muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 963 marta körilgan

Joriy yilning 15-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy idorasining aksilkorrupsiya sohasidagi ekspertlari ishtirokida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Aksilkorrupsiya strategiyasini ishlab chiqishda xalqaro standartlar va xorijiy ilg‘or tajribalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Mintaqaviy maslahatchisi Vladimir Kozin Aksilkorrupsiya strategiyasini ishlab chiqishda xalqaro standartlar, bu borada xorijiy tajriba va ilg‘or yutuqlar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, BMT GJB tomonidan tayyorlangan Aksilkorrupsiya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha amaliy qo‘llanmaning mazmun-mohiyati va ahamiyatig alohida to‘xtalib o‘tdi.

Seminarda ayni paytda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida Mintaqaviy maslahatchi V.Kozin Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” loyihasini yana-da takomillashtirish bo‘yicha BMT GJB tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar taqdim etilishi bildirildi.

Öxşaş materiallar