“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o'tkazilmoqda
9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o'tkazilayotgan an'anaviy “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida vazirlik va idoralar, taʼlim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etimoqda.
“Ochiq eshiklar kuni” shu kunlarda quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
🗓5-dekabr
▫️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
▫️Iqtisodiyot va moliya vazirligi
▫️Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
▫️Sport vazirligi
▫️Toshkent shahar hokimligi
▫️Adliya vazirligi
🗓6-dekabr
▫️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi
▫️"O'zavtosanoat"
▫️"Tovar xom-ashyo birjasi"
▫️Bilim va malakalarni baholash agentligi
🗓10-dekabr
▫️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
🗓12-dekabr
▫️"O‘zkimyosanoat" AJ
📌“Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar (o‘tkazilish joyi va vaqti) bilan ushbu vazirlik va idoralarning rasmiy manbalari orqali tanishish mumkin.
Barchani “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati