Virtual qabulxona

Andijon viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi

Asosiy yangiliklar 1 498 marta körilgan

Andijon viloyat hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Andijon viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida bildirilgan vazifalar qatorida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlari samaradorligini oshirish, mahalla va tuman darajasiga tushgan holda maishiy korrupsiyani bartaraf etish, korrupsiya eng ko‘p uchrayotgan sohalarda jinoyatlarning sabab va oqibatlarini bartaraf etish masalalari qayd etildi.

Shu maqsadda respublika ishchi guruhi a’zolari hududdagi tuman va mahallalarida o‘rganishlar olib bordi, aholi va mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva tomonidan mazkur o‘rganishlarning dastlabki xulosalari yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shuningdek, eng ko‘p korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan bandlik, sog‘liqni saqlash va bank sohasi rahbarlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati yuzasidan axborotlari eshitildi.

Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Xo‘jaobod tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish taklifi ma’qullandi va bu bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar