Virtual qabulxona

Andijon viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy ko‘rib chiqildi

Asosiy yangiliklar 2 287 marta körilgan

Andijon viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Shuhratbek Abduraxmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirok etdi.

Agentlik direktori Ishchi guruh tomonidan viloyatda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari, shuningdek, korrupsion jinoyatlarning oldini olish, davlat xaridlarini amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda saqlanib qolayotgan muammolar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchilik va sustkashliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Muhokamalar mobaynida viloyat va tuman-shahar hokimliklari ayrim mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi, ochiqlikni taʼminlashda sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘yilayotgani ham keskin tanqid qilinib, o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan masʼullarning javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish lozimligi qayd etildi.

Muhokamalar yakuni bo‘yicha viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, bu borada ayniqsa, hududiy Kengash faolligini kuchaytirish, uning aʼzolari masʼuliyatini oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar