Virtual qabulxona

“Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolar ro‘yxatining xolis va adolatli shakllantirilishi hamda ochiq eʼlon qilinishi o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 2 234 marta körilgan

Agentlik Ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 364-son qarori bilan tasdiqlangan “Haj” va“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablarining ijrosi Urganch shahri va Urganch tumani misolida o‘rganildi.

Hokimliklar huzuridagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Tashkiliy guruh tomonidan jamlangan maʼlumotga ko‘ra, “Haj” tadbiriga borish uchun Urganch shahridagi jami 40 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 3 141 nafar, Urganch tumanida esa 60 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 2 279 nafar fuqarodan arizalar kelib tushgan.

O‘rganish davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida ziyoratchilarni yagona navbat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazib borish holati tahlil qilindi. Shuningdek, ziyoratga borish istagidagi fuqarolardan kelib tushgan arizalarni belgilangan tartibda hokimlikdan ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni ko‘rib chiqish natijalarini fuqarolarga rasmiy maʼlum qilish amaliyoti ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh tomonidan ziyoratga borish istagini bildirgan fuqarolardan arizalarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va tuman-shahar miqyosidagi jamlangan ro‘yxatni shakllantirishda bir qator xato va kamchiliklar aniqlandi.

Maʼlumot o‘rnida: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Ochiq eʼlon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxatiga kiritish taklifi ilgari surilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar