Virtual qabulxona

BMT qarorgohida O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlari taqdimot qilindi

Asosiy yangiliklar 588 marta körilgan

Joriy yil 31 avgust – 4 sentyabr kunlari Vena shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi implementatsiyasiga bag‘ishlangan 17-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi.

Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi alohida ma’ruza bilan ishtirok etib, mamlakatda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish, uning implementatsiyasi hamda so‘nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatga ma’lumot berdi.

Xususan, delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlar ortga qaytmas tus olgani, xususan, 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan Prezident hujjati bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilgani, "Raqamli komplayens" axborot-dasturiy kompleksi ishga tushirilgani, davlat organlari, shu jumladan, sud hokimiyati idoralarida korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy mexanizmlari joriy etilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar