Virtual qabulxona

Bo‘lajak sudyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 2 064 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Iqtisodiy huquq ixtisosligi tinglovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Agentlik masʼul xodimlari tomonidan tinglovchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati, Agentlik faoliyati, amalga oshirilayotgan aksilkorrupsiya islohotlari hamda erishilayotgan natijalar yuzasidan maʼlumot berildi.

Shuningdek, sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, joriy etilayotgan yangi mexanizmlar, xususan, sud organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiya oid jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar xususida ham o‘zaro fikr almashildi.

Tinglovchilar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi kundagi dolzarb vazifalar, Agentlikning kelgusidagi reja va maqsadlari to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O‘quv mashg‘uloti mobaynida sudyalik lavozimiga nomzodlarni korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni qo‘llash amaliyoti bilan doimiy tanishtirib borish, shuningdek, ularning korrupsiyaga oid bilimlarini yanada mustahkamlashda bunday muloqotlarning amaliy ahamiyati muhimligi taʼkidlab o‘tildi.

Bu kabi uchrashuvlar Agentlik tomonidan doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar