Virtual qabulxona

Buxoroda yoşlar örtasida aksilkorrupsiya kvesti ötkazildi

Asosiy yangiliklar 486 marta körilgan

Özbekistonda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş yoşlarga oid davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilangan. Bu borada yoşlarning korrupsiyaning oldini olişdagi iştirokini kengaytiriş maqsadida “Aksilkorrupsiya volontyorlik faoliyati” loyihasi yölga qöyilgan. Şuningdek, “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi” orqali ularning korrupsiyaga qarşi bilimlarini oşirişga qaratilgan öquv kurslari taşkil etilgan, maktablarda esa öquvçilarda halollik tamoyillarini şakllantirişga xizmat qiluvçi “Halollik” tögaraklari faoliyat yuritmoqda Şuningdek, Korrupsiyaga qarşi taʼlim va yoşlarning imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça global resurs — GRACE dasturi keng joriy etilmoqda.

Uşbu taşabbuslarning davomi sifatida 31-oktyabr — Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Buxoro şahrida yoşlarning korrupsiyaga qarşi bilim va könikmalarini mustahkamlaş, ularda halollik madaniyatini şakllantirişga qaratilgan ikki kunlik interaktiv dastur taşkil etildi.

Tadbir Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Özbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi hamkorligida amalga oşirilayotgan qöşma loyihalar doirasida ötkazildi.

Uşbu taşabbus orqali yoşlarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularning jamiyatga taʼsiri haqidagi bilimlarini kengaytiriş, korrupsiyaning oldini olişdagi şaxsiy masʼuliyatini oşiriş hamda fuqarolik faolligini rağbatlantiriş maqsad qilingan.

Dastur iştirokçilari taşkilotçilar tomonidan ötkazilgan saralaş asosida Buxoro viloyatida istiqomat qiluvçi, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasiga qiziqiş bildirgan 18–25 yoşli yoşlar orasidan tanlab olindi.

Dastur doirasidagi maşğulotlar davomida iştirokçilar şaffoflik, hisobdorlik va halollik tamoyillari, manfaatlar töqnaşuvini boşqariş, axloqiy dilemmalarni tahlil qiliş hamda turli vaziyatlarda töğri va asosli qarorlar qabul qiliş böyiça bilim va amaliy könikmalarini mustahkamlaydilar.

Xususan, dastlabki kuni BMTTD kömagida Özbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ekspertlari tomonidan treninglar ötkazildi. Maşğulotlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş, manfaatlar töqnaşuvini boşqariş, fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasi, şaffoflik va hisobdorlikni taʼminlaş, kundalik hayot va kasbiy faoliyatda axloqiy qarorlar qabul qiliş kabi mavzular yoritildi.

Dasturning ikkinçi kunida ekspertlar tomonidan işlab çiqilgan interaktiv aksilkorrupsiya kvesti orqali iştirokçilarning dastlabki kunda özlaştirgan bilimlari amalda sinovdan ötkazildi.

Jamoalarga bölingan holda ular halollik va korrupsiyaning oldini olişga bağişlangan maxsus topşiriqlarni bajardi. Topşiriqlar kundalik vaziyatlarda korrupsiya alomatlarini aniqlaş, axloqiy dilemmalarga yeçim topiş, faktlarni notöğri va çalğituvçi maʼlumotlardan farqlaş, manfaatlar töqnaşuvini tahlil qiliş, adolatli va şaffof qarorlar qabul qiliş hamda muammoli holatlar haqida masʼuliyat bilan xabar beriş usullarini qamrab oldi.

Yakunda quyida jamoalar ğolib deb topilib, munosib taqdirlandi:

1-örin: “Gen-Z”
2-örin: “Köngillilar”
3-örin: “No Pora”
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar