Virtual qabulxona

Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va bu borada ochiqlikning taʼminlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 1 618 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Mavlyanov boshchiligidagi ishchi guruh joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilgan ishlar holati bilan tanishdi.

Ishchi guruh ushbu hududlarda tibbiyot muassasalari tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan tibbiy texnikalardan maqsadli foydalanilishi hamda davlat xaridlarini amalga oshirish holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar mobaynida, shuningdek, Agentlikka kelib tushgan murojaatlarga alohida e'tibor qaratilib, ularda bayon etilgan holatlar joyiga chiqqan holda o'rganildi.

Ishchi guruh tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalari va davlat xaridlarini amalga oshirishda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va bu jarayonda ochiqlikning taʼminlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar