Virtual qabulxona

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash natijalari

Asosiy yangiliklar 1 486 marta körilgan

2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash yo'nalishida:

  • ishonch telefonlari faoliyati bo‘yicha qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 6 ta vazirlik va 2 ta viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi;
  • 25 ta investitsiya loyihalari doirasida mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va ochiqlikning taʼminlanishi o‘rganildi;
  • 2023- yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi;
  • “E-learning” taʼlim platformasi orqali 119 ta tashkilotning 419 nafar masʼul xodimi o‘qitildi;
  • Ochiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Mazkur yo‘nalishdagi faoliyat natijalari infografikada aks etgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar