Davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlarini bekor qilish haqidagi sud qarorlarini ochiq eʼlon qilish tartibi yo‘lga qo‘yildi
Xabaringiz bor, mamlakatimiz Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan qarorlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida ochiq eʼlon qilib borish belgilangan edi.
Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy sudning rasmiy veb-saytidagi (sud.uz) Interaktiv xizmatlar portalida (my.sud.uz) davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlarini bekor qilish haqidagi sud qarorlarini ochiq eʼlon qilib borish tartibi yo‘lga qo‘yildi.