Virtual qabulxona

Davlat organlarida halollik standartlarini mustahkamlash va korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 015 marta körilgan

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligida davlat organlarida halollik standartlarini mustahkamlash va korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirishga oid vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umed Mavlyanov korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlar, strategik vazifalar, davlat xizmatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va ularni bartaraf etish, halollik tamoyillarini institutsional darajada joriy etish, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va etik mezonlarga amal qilish masalalarida o‘zaro fikr almashildi.

Tadbir doirasida vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida alohida faollik va tashabbus ko‘rsatgan xodimlar munosib taqdirlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar