Virtual qabulxona

Davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha asosiy tartib-qoidalar

Asosiy yangiliklar 932 marta körilgan

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlikda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.

Davlat xizmatchilari:

▫️o‘z kasbiy faoliyatini halollik, xolislik, korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabat va ularga qarshi kurashish prinsiplari asosida amalga oshirishi;

▫️o‘z lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini vijdonan bajarishi va ularning bajarilishiga taʼsir ko‘rsatadigan yoki taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘z shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi;

▫️lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi;

▫️ o‘z xizmat mavqeidan shaxsiy yoki boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek o‘z xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolar faoliyatiga qonunga xilof ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

▫️korrupsiyaga undash holatlari, shuningdek, o‘ziga ma’lum bo‘lgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida rahbariyatini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qilishi shart.

-xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda belgilangan tartibdan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday sovgʻalar olishi;

- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishi taqiqlanadi;

Rahbarlar kadrlarni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat mezonlari asosida tanlash, tayinlash yoki tavsiya etishga yo‘l qo‘ymasligi shart.

Rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar hamda ushbu lavozimlar uchun zaxirada turgan shaxslarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasi baholanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar