Davlat xizmatlarini körsatişda byurokratiyani qisqartiriş va raqamlaştiriş böyiça Ozarbayjon tajribasi taqdimot qilindi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori boşçiligidagi delegatsiya Boku şahridagi «ASAN xizmet» markaziga taşrif buyurib, mamlakatda davlat xizmatlarini körsatişda byurokratik tartib-taomillarni qisqartiriş, raqamli xizmatlar kölamini kengaytiriş va aholiga qulaylik yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.

Mamlakat böylab faoliyat yuritayotgan 31 ta şunday markazda 400 dan ortiq davlat xizmati körsatilib, ular sonini köpaytiriş çoralari körilmoqda. Xususan, bugungi kunda mazkur markazlar orqali notarial, kommunal, konsullik, bojxona va harbiy hisobga oliş kabi xizmatlar ham yagona darça tamoyili asosida körsatilişi yölga qöyilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur tajriba davlat xizmatlarida inson omilini kamaytiriş, ortiqça ovoragarçilik va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olişning muhim omili bölib kelayotganligi qayd etildi.
