Farğonadagi ommaviy zaharlaniş işi böyiça ikki nafar şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi
Farğona viloyatida 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq jinoyat işi Farğona viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining kassatsiya instansiyasida körib çiqildi.
Kassatsiya instansiyasining hukmi bilan jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudining 2026-yil 21-sentabrdagi hukmining «Garden Catering Trade» mas’uliyati çeklangan jamiyati rahbari Ş. T. hamda texnologi R. A. ga oid qismi bekor qilinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari qöllanilgan holda yangi ayblov hukmi çiqarildi.
Unga köra, «Garden Catering Trade» MÇJ rahbariga 4 yil, jamiyat texnologiga esa 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uçun: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan 2024-yil iyul oyida Farğona viloyatidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlarida ovqatlanişni taşkil etiş jarayonlarida qator qonunbuzilişi holatlari aniqlangan. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvçini tanlaşda davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik talablari buzilganligi maʼlum bölgan.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati