Virtual qabulxona

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi korrupsiyaga qarshi boshqaruv menejmenti xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

Asosiy yangiliklar 794 marta körilgan

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001:2025 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.

Xabaringiz bor, Vazirlikning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi huquqiy eksperiment doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida 2025-yil yakunida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti — ISO 37001:2016 muvofiqlik sertifikati hamda Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib ushbu standartning yangilangan versiyasi — ISO 37001:2025 ni qo'lga kiritdi.

Endilikda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga ham mazkur xalqaro sertifikat topshirilgani amaliy natijalarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

O‘tgan davr mobaynida Markaz faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida Agentlik bilan hamkorlikda qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, Markazning 300 nafardan ortiq xodimi maxsus o‘quv dasturlari asosida tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlar chuqur tahlil qilinib, jami 102 ta funksiya o‘rganildi. Ularning 9 tasi "yuqori", 3 tasi esa "o‘rta" darajadagi xavf toifasiga kiritildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida ham muhim natijalarga erishildi.

Agentlik kelgusida ham barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini kuchaytirish, shuningdek, manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishda tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar