Virtual qabulxona

Fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi

Asosiy yangiliklar 878 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning bugun bo'lib o'tgan navbatdagi shaxsiy qabuli davomida fuqarolar asosan uy-joy kommunal xo‘jaligi va ichki ishlar tizimi xodimlarining xatti-harakatlaridan, shuningdek, sud qarorlari va o‘rganishlar natijalaridan norozilik, noqonuniy qurilish va yer nizolari hamda ayrim korrupsion holatlarga doir masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Shu bilan birga, ayrim murojaatchilar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qabul davomida barcha murojaatlar atroflicha tinglanib, har bir masala bo‘yicha huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan, shuningdek, korrupsiya faktlari haqida berilgan xabarlar yuzasidan ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish, ularga tizimli huquqiy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar