Virtual qabulxona

Grant tanlovi g'oliblari aniqlandi

Asosiy yangiliklar 258 marta körilgan

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga joriy etish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish” mavzusida e'lon qilingan grant tanlovning g'oliblari aniqlandi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 42 ta milliy nodavlat notijorat tashkiloti va oliy ta’lim muassasalaridan ariza kelib tushdi.

Baholash komissiyasi tomonidan eng yaxshi loyiha takliflariga ega bo‘lgan quyidagi tashkilotlar g'olib deb topildi:

▫️"Esculap" NNT — "Qo‘qon shahar davlat klinikalarida sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaning oldini olish" loyihasi;

▫️O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti — "Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun "Korrupsiyadan himoyalanishdagi 10 qadam" nomli audioqo‘llanma tayyorlash" loyihasi;

▫️"Muloqot" NNT" — Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari: xorijiy davlatlarning tajribasi va O‘zbekiston uchun tavsiyalar" loyihasi;

▫️ O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi — "Adolat hamma uchun: Korrupsiyaga qarshi huquqlar uchun" loyihasi;

▫️O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati — "Ko‘zi ojizlarning huquqiy madaniyatini oshirish orqali korrupsion holatlarning oldini olish" loyihasi;

▫️"Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi — “Korrupsiyaga qarshi kurashish orqali tadbirkor ayollar uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda xotin-qizlarning ishtiroki” loyihasi;

▫️"Ekolog" NNT — "O‘zbekiston jurnalist va blogerlarning ekologik korrupsiya mavzusini yoritish bo‘yicha bilim va salohiyatini oshirish" loyihasi;

▫️O‘zbekiston Karlar jamiyati (Buxoro viloyati) — "Inklyuziv antikorrupsiya" loyihasi;

▫️"Web Factor Media" — "Ochiqlik amalda: Biz hisobdorlik uchun kurashamiz" loyihasi;

▫️"Muloqot TV" (Farg‘ona viloyati) — "Ijtimoiy roliklar orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi.

Mazkur loyihalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT TD bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan “O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Axborot agentligi

Öxşaş materiallar