Virtual qabulxona

Hamkorlikdagi loyihalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 820 marta körilgan

Joriy yilning 10-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva hamda Transparancy International Latviya ekspertlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, Transparancy International tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Milliy Halollik Tizimi (MHT) bo‘yicha umumiy metodologiyani O‘zbekistonga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistondagi MHTning joriy baholashida 2022-2024 yillar qamrab olinadi. Bu jarayon 2025-yil boshida boshlanadi. Yakuniy hisobot esa 150 dan ortiq ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan holda milliy halollik va yaxlitlikni taʼminlash tizimi haqida to‘liq tasavvur beradi.

Ushbu Metodologiya Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” loyihasining 2024-yilga mo‘ljallangan Chora-tadbirlari doirasida ishlab chiqilgan.

Uchrashuv so‘nggida mazkur loyihani O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirish bo'yicha vazifa va maqsadlar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar