Virtual qabulxona

Hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar yuzasidan

Asosiy yangiliklar 1 143 marta körilgan

2025-yilda hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 153 ta jinoyat ishi bo‘yicha 252 nafar hokim yordamchilari korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ularning 37 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 38 nafariga ozodlikni cheklash, 160 nafariga axloq tuzatish ishlari, 12 nafariga jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, 5 nafariga boshqa jazo choralari qo‘llanilgan.

Korrupsiya qarshi kurashish agentligi har bir davlat organi va tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, kelgusida ham uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qiladi.
Korrupsiya qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar