Virtual qabulxona

IHHT bilan  korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik kengaytiriladi

Asosiy yangiliklar 1 751 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori V Aksilkorrupsiya forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Aksilkorrupsiya tarmog‘i rahbarini qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik, Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi monitoring hamda qo‘shma loyihalar istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Aksilkorrupsiya tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi 5-bosqich monitoringi natijalari hamda ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritasi" ijrosi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun Aksilkorrupsiya tashabbusi (ACI)ning “Manfaatlar to‘qnashuvi” mavzusiga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiyasini 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilayotgani muhokama qilindi.

Xorijiy tomon “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan qonun loyihasini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tajribasini “Poraxo‘rlikka qarshi kurashish bo‘yicha guruh” (Anti-Bribery Group)ning global yig‘ilishida taqdim etish taklifini ilgari surdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar hamda maqsadlarni belgilab oldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar