Virtual qabulxona

Shahrisabz tumani hokimining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari yuzasidan taqdimnoma kiritildi

Asosiy yangiliklar 686 marta körilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov mahalliy aholining xonadoniga kirib davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlar qilganligi keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Holat yuzasidan Agentlik quyidagilarni ma’lum qiladi:

Har qanday darajadagi rahbar fuqarolar bilan muloqotda davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart. Fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek, asoslanmagan ma’muriy bosim o‘tkazish qonunchilikka va etika me’yorlariga mutlaqo zid.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish vakolati doirasida viloyat hokimligiga holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar