Virtual qabulxona

Investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirishning yangi tartib-taomillari ko‘rib chiqildi

Asosiy yangiliklar 615 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamkorligida yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni kuchaytirish hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish chora-tadbirlariga oid o‘quv seminar o‘tkazildi.

Unda 100 dan ortiq vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining joriy yil 3-fevraldagi 44-son qaroriga muvofiq investitsiya loyihalarining shaffofligini taʼminlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga doir yangi tartib-taomillar va vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Taʼkidlanganidek, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari o‘z vakolati doirasidagi loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspertiza qiladi va baholaydi.

Ekspertiza va baholash xulosalari asosida loyiha tashabbuskori vakolatli organlar bilan hamkorlikda korrupsiya va raqobat muhitiga qarshi xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshiradi.

Yakunda ishtirokchilarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va minimallashtirish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar