Virtual qabulxona

Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlar Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 685 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida mablag‘lar sarflanishi jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi Islom taraqqiyot banki hamda OPEK ishtirokidagi“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish”loyihasi doirasida Navoiy va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun: loyiha qiymati 338 mlnAQSh dollari bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (46 ta MFY), Xorazm (49 ta MFY), Buxoro (41 ta MFY) va Navoiy (34 ta MFY) viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshiriladi.

Xususan, loyiha doirasida Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani “Zarmetan” mahallasidagi ijtimoiy loyihalar bilan tanishish maqsadida 15, 18 va 42-son umumta’lim maktablariga tashrif buyurilib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.

Buxoro viloyati, Shofirkon tumani “Tezguzar” MFYdagi 6-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, 20-sonli MTT ni rekonstruksiya qilish, oilaviy shifokorlik punktini mukammal ta’mirlash, mahalla markazini qurish, ichki yo‘llarni qurish, elektr tarmog‘ini o‘tkazish, piyodalar yo‘lagini qurish kabi loyihalar ko`zdan kechirildi.

Shuningdek, investitsiya loyihasi doirasida BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida mahalliy aholi orasidan “Tashabbuskor guruhlar”ni shakllantirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ijobiy amaliyot o‘rganildi.

Mazkur guruh a’zolarini uslubiy qo‘llab quvvatlash maqsadida Buxoro viloyatidagi obyektlar yuzasidan tuzilgan “Tashabbuskor guruh” a’zolari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda loyihalarni amalga oshirish

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar