Virtual qabulxona

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan yangi hamkorlik loyihasi ishga tushiriladi

Asosiy yangiliklar 2 179 marta körilgan

Joriy yilning 16-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari o‘rtasida yangi hamkorlik loyihasini ishga tushirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda AQSH Davlat departamentining Giyohvandlikka qarshi xalqaro kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) moliyaviy ko‘magida Agentlik va IHTT o‘rtasida “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” loyihasini boshlash masalalari muhokama qilindi.

2024-2026-yillarga mo‘ljallangan mazkur loyihaning qiymati 945 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida O‘zbekistonning IHTT Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘i Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi ishlarini texnik va metodologik qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, 2025-yilda IHTT ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi, xalqaro standartlarga asoslangan “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilishi, loyiha doirasidagi boshqa chora-tadbirlarga oid masalalar muhokama qilindi.

Qayd etish joiz, loyiha doirasida aksilkorrupsiya siyosati, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi, biznes hamjamiyatida halollik, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi huquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlarining salohiyatini kuchaytirish kabi qator yo‘nalishlar qamrab olinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar