Virtual qabulxona

Ishchi guruh tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Asosiy yangiliklar 2 585 marta körilgan

Ishchi guruh tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Respub-likasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi.

Qonun bilan davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha cheklovlar, manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari hamda korrupsiya, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda qabul qilingan va tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topish asoslari belgilandi.

O‘z navbatida, Qonunning ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va Qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

Shunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari ishtirokidagi Ishchi guruh a’zolari tomonidan Qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Xususan, Ishchi guruh a’zolari tomonidan joriy yilning 16-18 iyul kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi va ularning quyi tuzilmalarida Qonuning ijro etilish holati bilan tanishildi.

Bunda, davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ularning tahlili, davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashishga bilim va ko‘nikmalarini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan tashkilotlarda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va Kadrlar tarmog‘i vakillariga ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samarali tashkil etishga doir zaruriy tavsiya va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonun 2024 yilning 5 dekabr kunidan boshlab rasman kuchga kiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar