Jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.
Hujjat bilan Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron reyestrga kiritish tartibi va asoslari, o‘rnatilgan cheklovlar nazarda tutilmoqda.
Xususan:
- davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi;
- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;
- o‘zi ta’sis etgan va (yoki) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.
Jamoatchilik muhokamasi 2-sentyabrga qadar davom etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati