Virtual qabulxona

Jarqo‘rg‘on tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish choralari bo‘yicha tavsiyalar berildi

Asosiy yangiliklar 839 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida tumanni “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish va bu bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Mazkur chora-tadbirlarni natijador va sifatli tarzda ishlab chiqish, tuman aholisi uchun dolzarb vazifalarni kiritish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda joyi chiqqan holda tavsiyalar bildirildi va masʼullarning takliflari tinglandi.

Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etish, bu borada raqamlashtirish ishlari tug‘uruq va pediatriya bo‘limlari faoliyati misolida o‘rganildi.

Maktabgacha taʼlim muassasalarida olib borilgan o‘rganishlarda esa tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tizimini to‘liq autsorsing asosida tashkil qilish, sifatli mahsulotlar bilan taʼminlanganlik va mazkur jarayonda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda ichki va tashqi hududda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha zaruriy choralar belgilab olindi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini joriy etilganligiga eʼtibor qaratildi.

O‘rganish jarayonlarida bemorlar, ota-onalar, sog‘liq saqlash va maktabgacha taʼlim sohalari xodimlari bilan suhbat qilinib, ularning taklif va mulohazalari asosida "Yo‘l xaritasi"ni takomillashtirish masalalari masʼul ijrochilar ishtirokida muhokama qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar