Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

BMT tuzilmalari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hamkorlik ko‘lami yanada kengaytiriladi

Batafsil

JICA bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 30-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ekspertlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda JICA va Agentlik hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2024-yil uchun mo‘ljallangan “Investitsiya muhitini yahshilash maqsadida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash” texnik ko‘mak loyihasini ishga tushirish va amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Loyihani amalga oshirish uchun JICA ekspertlari tomonidan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va Agentlik salohiyatini kuchaytirish, davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi malakasini oshirish, shuningdek, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘maklashiladi.

Loyiha doirasidagi hamkorlik O‘zbekiston va Yaponiyada Agentlik hamda masʼul idoralar xodimlari uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari, tajriba almashish kurslari, seminar-treninglar orqali amalga oshiriladi.

Uchrashuv mobaynida o‘quv kurslarining dastlabki yo‘nalish va mavzulari, dastur loyihalarini yana-da takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ekspertlar tomonidan mamlakatimizning oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan modul va dasturlarni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar loyihani samarali amalga oshirish ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar