JICA bilan investitsion muhitni yaxshilashda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan loyiha ishga tushiriladi
Joriy yilning 3-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ekspertlarini qabul qildi.

Uchrashuvda JICA va Agentlik hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan “Investitsiya muhitini yahshilash maqsadida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash” texnik ko‘mak loyihasini ishga tushirish va amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Mazkur loyiha davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish, aholining xabardorligini oshirishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi.

Uchrashuvda JICA tomonidan loyiha doirasida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va Agentlik salohiyatini kuchaytirish masalalarida ko‘maklashish uchun jalb etilgan Yaponiyaning Doshisha universiteti xalqaro markazi direktori, professori Eyji Oyamada bilan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Xususan, Agentlik hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul boshqa idoralar xodimlari uchun tajriba almashish kurslari, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa qo‘shma amalga oshirishga kelishib olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati